“Yoshlаr poyezdi” Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Ishingni sevsang, sen ishlamaysan, deyishadi. Bugun haftaning yakshanba kuni bo‘lishiga qaramay, yoshlar tashkilotining vakillari Toshkent temir yo‘l vokzalida jam bo‘lishdi. Maqsad aniq!
“Yoshlаr poyezdi” targ‘ibot loyihasi 17-21-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida o‘tkaziladi.
Xo‘sh, ushbu loyiha davomida qoraqalpoq yoshlarini nimalar kutmoqda?
“Yoshlar poyezdi” targ‘ibot loyihasi davomida qator tadbirlar rejalashtirilgan. Ochiq muloqotlar, kitob xayriya aksiyalari, ijtimoiy himoya masalalari shular jumlasidan.
Birinchidan, hududlarda faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inining aholisi, ayniqsa, vaqtincha ishsiz bo‘lgan uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.


Ikkinchidan, jadval asosida kitob xayriya aksiyasilari o‘tkaziladi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilgan kitoblarning hayriya aksiyasi tashkil etiladi. Unda chekka-chekka qishloqlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg‘a qilinadi. Shuningdek, mazkur aksiyaga ko‘ngilli yoshlar ham o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
Uchinchidan, ijtimoiy himoya yo‘nalishida qator ishlar amalga oshiriladi. Mahallalardagi imkoniyati cheklangan, chin yetim, shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovg‘alari ulashiladi. Shuningdek, tajribali shifokorlarni jalb qilgan holda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
To‘rtinchidan, reja asosida targ‘ibot a’zolari “Fidoiy yoshlar otryadlari” loyihasi doirasida terimchi yoshlar bilan bir dasturxon atrofida turli uchrashuvlar tashkil etiladi. Ular uchun teatr studiyalari jamoalarining chiqishlari, yosh ijodkorlar va xonandalar ishtirokida madaniy tadbirlar namoyishi ham rejalashtirishgan.
Ushbu loyiha davomida yana bir muhim tadbir amalga oshiriladi. U haqda oz fursatdan so‘ng ma’lum qilamiz!!!

G.Ashurova