logo
. . .

Andijon viloyati

Muammosi bor yoshlar kimga gapiradi, kimga ko'nglini ochadi?

Qalbiga yo‘l topgan insonga. Ishongan odamiga. Bugun Baliqchilik yoshlar hech ikkilanmay psixolog Azamat Bahriddinov orqali muammolariga yechim topish uchun navbat kutishmoqda! Psixolog har bir yoshni birma-bir tinglayapdi. So‘ngra, ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini qayta tiklashda eng to‘g‘ri va maqbul tavsiyalarni bermoqda...
Batafsil...


Chopon so‘nggi urfda bo‘lsa, zamonaviy yoshlar ham kiyadi

Mahorat darslari davom etmoqda! Bugun dizayner Dilnoza Umrzoqova Mingbuloq agrosanoat kollejining qiziquvchan o‘quvchilariga sohaning sir-asrorlarini o'rgatdi. Qadimiy liboslarimizdan — choponning dizayni, tikilish uslubi va rang-barang turlarini ko'rsatdi.
Batafsil...


Ulug'norda ijodkor bo‘lmagan yoshning o'zi yo‘q ekan...

“Yoshlar haftaligi”ni andijonlik yoshlar katta bayramdek nishonlamoqda. Bugun Ulug‘nor tumanidagi 21-sonli maktabda ham mehmonlar tantanali kutib olindi. Qoyil, bu yerda ijodkor bo‘lmagan yosh yo‘q ekan. Qay biri doira chaladi, qaysi biri she’r yozadi. Dutorchi qizlari jo‘r bo‘lib kuylaydi.
Batafsil...


“Yoshlar haftaligi” doirasida “Yoshlar kubogi” uchun musobaqalar boshlandi!

Andijon, faxrlan, shunday yoshlaring bor! Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Asaka tumanidagi Bolalar va o‘smirlar maktabida “Yoshlar kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi. Mana-man, deb maydonga chiqqan yoshlar sportning 11 turi bo‘yicha bahslashishdi
Batafsil...


O'zbekiston, mana qahramoning! Mehribonlik uyi onasi! Ko'zi, so'zi, o'zi pok ayol va uning sakkiz farzandi haqida...

Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh ijodkorlar kengashi haftalik davomida kecha Andijonning Xo'jaobod tumani va Andijon shaharlarida bo'ldi. — Xo'jabodlik jajji qiz Odina Jo'rayevaning she'rlari bizni hayratlantirdi. Ko'zi ojizlar jamiyati a'zosi Nodira Abdummanopovaning musiqa maktabida o'qimay turib pioninada mahorat bilan kuy ijro...
Batafsil...


Rais o'rinbosari Murod Zufarov tun-u kun andijonlik yetakchilarning muammolarini hal etishga tayyor!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon viloyatida “Yoshlar haftaligi” boshlangan. Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va o‘rinbosarlari ham hududda bo‘lib, yoshlarga amaliy ko‘mak berish ishlarini boshlab yuborgan. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o’rinbosari Murod Zufarov ham ayni damda Boshlang‘ich tashkilotlar...
Batafsil...


"3 yildan beri yer berishmaydi... Natijada bir yarim mingta tovuq nobud bo‘ldi"

Xo‘jaobodlik tadbirkor Alimuhammad Ergashev ana shunday yoshlardan. Faqirqishloqlik Alimuhammad 2015-yilda 2000 ta parranda bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Bugun u rahbarlik qilayotgan “Zubayr taraqqiyoti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida olti mingdan ortiq tovuq parvarish qilinmoqda. Har kuni uch mingga yaqin tuxum olinib, iste’molchilarga...
Batafsil...


Tashabbus: Andijonlik maktab o'quvchilari Yoshlar ittifoqining rivojlanish strategiyasini yaratmoqchi!

Bugun oldiga katta maqsad qo‘ygan “Yoshlar haftaligi” Andijonda juda katta tayyorgarlik bilan start oldi! Haftalik negizida kun davomida 50ga yaqin tadbirlar o‘tkazildi. Mahorat darslari, ochiq muloqotlar, master-klasslar shular jumlasidandir. Ayniqsa, Yoshlar yetakchisi ham hududdagi bir nechta ta’lim muassasalarida bo‘ldi. “Kamalak”...
Batafsil...


Yosh olimlar Andijonda

Ilm olamni yorituvchi mash’al. Millat qalbini mana shu mash'al charog'on etadi. Haftalik doirasida “Respublika yosh olimlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti a’zolari hududdagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi. Jumladan, Andijon tumanidagi 36-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilariga tarix fanidan interfaol metodlar vositasida dars...
Batafsil...


Andijon iste’dodlari kashf etildi

Andijonlik yoshki, Muhammad Yusufdek shoir bo‘lgisi bor. So‘zlari ohorli, tashbehlari go‘zal. Bu navnihollarga parvarish bo‘lsa, she’riyat bo‘stonini boyitadi. Haftalik doirasida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Masudov, aktyor Sobirjon Otajonov hamda “Respublika yosh ijodkorlar kengashi”nodavlat notijorat...
Batafsil...


E'lon