logo
. . .

So'nggi xabarlar

Yoshlarga oid davlat siyosati amalda! Xushxabar: Zamonaviy “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi

Bugun paxtaobodlik yoshlar uchun tom ma’noda katta imkoniyatlar eshigi ochildi. Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz 11 yillik ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan bo‘shab qolgan kasb-hunar kollejlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlari ixtiyoriga o‘tkazish bo‘yicha taklif bergan edilar.
Batafsil...


Mas’uliyat va rag‘bat muborak, Yoshlar yetakchilari!

Paxtaobodda “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi yana bir quvonchli voqeaga ulanib ketdi. Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ittifoqi kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislarini va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi.
Batafsil...


Avf etilgan yoshlar jamiyatga “qayta olyaptimi”? Qashqadaryo viloyati misolida tahlil qilamiz...

Mamlakat tarixida ilk bor Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2 ming 700 nafar mahkum, jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan fuqarolar avf etildi. Tabiiyki, galdagi vazifa...
Batafsil...


Bo‘larkanu! Yoshlar yetakchisi “Surxon qog‘oz qayta ishlash” MCHJ bilan ”gapni bir joyga qo‘yib", 45 nafar yoshning bandligini ta’minladi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi ham aynan shu usuldan foydalandi. Aniqrog‘i, Termiz tumanida o‘z ishini boshlayotgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” MCHJ bilan hamkorlik borasida kelishib oldi. Kelishuvga ko‘ra, Ittifoqning viloyat Kengashi yangi ochilayotgan korxona uchun yosh va tajribali kadrlarni...
Batafsil...


Mashhur AQSHlik ekspert o‘zbek yoshlariga bepul master-klass o‘tmoqda!

Yoshlar ittifoqi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yil davomida AQSH, Gollandiya, Italiya, Germaniyadan ekspertlarning master-klaslarini tashkil etadi. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamkorligida zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning eng mashhur ekspertlaridan biri o‘zbek yoshlariga...
Batafsil...


Oliy Majlisda “150 nafar yosh deputat” ilk marotaba yangi Qonun loyihasini muhokama qildi!

Dastlab loyihada ishtirok etish uchun 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 2 mingdan ortiq yoshlardan http://yp.strategy.uz sayti orqali elektron so‘rovnomalar qabul qilindi. Ulardan 150 nafar iqtidorli yoshlar saralab olindi va loyihada ishtirok etish uchun huquqini qo‘lga kiritdi. Loyihaning 1-kunida haqida axborot...
Batafsil...


Navoiylik yosh fermer Azimbek Azimov 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, shahar hokimligi, viloyat bojxona boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnalogiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan “Tadbirkorlar kuni” loyihasini tashkil etdi. Uchrashuv avvalida tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tavarlar va qishloq...
Batafsil...


Imkoniyati cheklangan bolalarning onalari uchun respublika bo‘ylab maxsus maktablar ochiladi!

Avval xabar berganimizdek, imkoniyati cheklangan yoshlar qatlamini, jumladan, nogiron, ko‘zi ojiz, eshitish qobiliyati cheklangan, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoshlar manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish maqsadida Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi o‘z ishini Andijon viloyatidan boshlagan edi.
Batafsil...


Bu kunni Bahodir uzoq yillar unutmaydi!

Namangan viloyati Yoshlar yetakchisi hududdagi qishloqlar, mahallalar, ko‘chalar va xonadonlarda bo‘lib, mehrga, e’tiborga muhtoj yoshlar bilan yaqindan tanishishda davom etmoqda. Namangan tumanida navbatdagi o‘rganishi chog‘ida Yoshlar yetakchisini Bahodir ismli yigit bilan tanishtirishadi.
Batafsil...


Delegatsiya o‘zbekistonlik yosh jurnalistlarning «Berliner Woche» gazetasi tahririyatida malaka oshirishi bo‘yicha hamkorlikka erishdi

« Berlin haftaligi» gazetasining onlayn versiyasi ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu ayniqsa, yosh jurnalistlarni poytaxt muammolarini hal qilishga jalb qilishda qo‘l kelmoqda. Gazetaning bolalarga mo‘ljallangan maxsus ilovasi ham chop etiladi.
Batafsil...


E'lon