logo
. . .

So'nggi xabarlar

Endilikda hududlardagi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisini Sardorlar saylaydi!

Bugun Andijon viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi Qahramon Quronboyev ishtirok etdi. Kengash yig‘ilishida bir nechta masalalar ko‘rildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Batafsil...


To‘rtko‘l tumani hokimi yoshlar bilan uchrashuvda yosh tadbirkorning muammosini bir zumda hal qilib berdi

To‘rtko‘l tumanida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hokim Ne’matulla Xudaybergenov tumanda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va yoshlar ma’naviyatini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi Ziyovuddin Mansurni taklif qildi.
Batafsil...


Andijon: Yoshlar yetakchisi kollej o‘quvchilariga zamonaviy noutbuk va badiiy kitoblar sovg‘a qildi

Yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyevning Andijon viloyatining eng chekka-chekka hududlari bo‘ylab amaliy ko‘mak berish maqsadidagi o‘rganishlari davom etmoqda. Jumladan, bir qator xonadonlarga, ta’lim muassasalariga tashrif buyurildi.
Batafsil...


Maxsus avaria tiklash boshqarmasida ham endilikda yoshlarning manfaati himoya qilinadi

Ayni kunlarda ham Respublika bo‘ylab turli davlat va nodavlat tashkilotlarda Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlarini ochish davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan...
Batafsil...


Prezident Murojaatnomasida ta’kidlangan Festival uchun tayyorgarlik ishlari avjida

Ta’kidlash joizki, “Yosh vatandoshlar festivali” bugungi kunda xorijda istiqomat qilayotgan, uzoq muddatga o‘qishga, ishga ketgan, turli xil yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan 16-30 yoshdagi yoshlarni birlashtiruvchi festival hisoblanadi.
Batafsil...


Ittifoq yana bir avf etilgan yoshning ta’limga qaytishiga ko‘mak berdi!

Prezidentimiz 2700 nafar maxbusni ozodlikka chiqarish borasidagi tashabbuslari mening hayotimda tub burilish yasadi. Oilam bag‘riga qaytdim. Ozod bo‘ldim. Yoshlar ittifoqi a’zolari uyimga kelib, o‘qishingni tiklab beramiz deyishdi. Ularning ko‘magi bilan kecha o‘qishga chiqdim. Kursdoshlarim, ustozlarim bilan ko‘rishdim. Oldiniga biroz cho‘chidim.
Batafsil...


Karmanalik Yetakchi ichki ro‘yxatdagi o‘quvchisini qanday qilib sog‘lom hayotga qaytardi?

Bugun respublika bo‘ylab Yoshlar ittifoqining minglab Yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Shulardan biri Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yetakchisi Shahlo Yo‘ldosheva.
Batafsil...


Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti tanlov e'lon qiladi!

Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti bolalar badiiy guruhlari, bastakorlar va shoirlar o’rtasida “Kamalak” bolalar tashkiloti madhiyasini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qiladi. Talablar:  Tanlovga faqatgina bolalar ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan asarlargina qabul qilinadi. 
Batafsil...


To‘rt tilni mukammal biladigan navoiylik Elyorbek nega sud kursisida o‘tirdi?

Prezidentimiz raisligida 2017-yil 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlab, o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, yoshlarga sud tomonidan jazo tayinlashda...
Batafsil...


MXXga tegishli harbiy qismda Ittifoqning Boshlang‘ich tashkiloti ish boshladi

Farg‘ona shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli 71782-sonli harbiy qismda Boshlang‘ich tashkilotini tuzish munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov ishtirok etdi.
Batafsil...


E'lon