logo
. . .

Barakalla! Qambarali Navro‘zov!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengashi tomonidan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish hamda ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida “Tadbirkor va yoshlar” loyihasi doirasida turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugungi tashrif tumandagi “Dilmond” ishlab chiqarish xususiy savdo firmasida bo‘ldi.

Uning rahbari 25 yoshli Qambarali Navro‘zov. Yosh tadbirkor faoliyatini issiqxonada poliz mahsulotlarini yetishtirishdan boshlagan. Bundan tashqari, umumiy ovqatlanish, mebel ishlab chiqarishga ham yo‘naltirilgan firmalarida o‘zining tengdoshlarini ish bilan ta’minlagan.

— Kelajakdagi rejalarim katta.Tikuvchilik sexini ochib, Turkiyadan zamonaviy dastgohlarni olib kelib, kamida 20 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchiman. Men davlat rahbarining biz tadbirkorlarga yaratib bergan imtiyozlardan unumli foydalanib, shirinliklar sexini ham tashkil etish niyatidaman.Ushbu sexda ham kamida 5 nafar tengdoshim ish bilan ta’minlanadi, — deydi yosh tadbirkor Qambarali Navro‘zov

Yosh tadbirkorning fikrlarini eshitib, muhtaram Yurtboshimizning “Men 2 nafar ishsiz yoshlarni ish bilan band etgan tadbirkorni boshimga ko‘taraman”, degan so‘zlarini bugungi yoshlar amalda bajarayotganini ko‘rdik. Bu da’vat ularning faoliyatida dasturamal bo‘lib xizmat qilayotganiga ich-ichdan quvondik.

E'lon