logo
. . .

Bekzod To‘raqulov, "Jasorat" medali sohibi

Er yigitni harbiylik kasbi ulug‘laydi!

Har doim intilish bor joyda harakat, harakat bor joyda esa natija bo‘ladi. Yoshlik ko‘p narsalarga qodir. Buni yuqori natijalarga erishgan yoshlarimiz misolida yaqqolroq ko‘rish mumkin.

Bugun jamiyatimizda yoshlarga qilinayotgan g‘amxo‘rlik har bir jabhada ijobiy natijalarni bermoqda. Ayniqsa, harbiy sohada yosh avlod uchun ko‘rsatilayotagan g‘amxo‘rliklarning chek-chegarasi yo‘q. 

Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan Bekzod To‘raqulov ham shunday intiluvchan, fidoyi yoshlarimizdan. 

Bekzod To‘raqulov 1989-yilning 21-aprelida Qarshi tumani, Beshkent shahrida tavallud topgan. Maktabdagi a’lo tahsildan so‘ng, 2007-yilda harbiy xizmatni o‘tash uchun Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qismga yuboriladi. Xizmatdagi a’lo intizomi va vatanparvarligi uchun shartnoma asosida qabul qabul qilinadi. 

2010-yilda esa yangi maqsad uni Toshkent oliy harbiy umumqo‘shin bilim yurtiga yetaklaydi. 4 yillik izlanish, egallangan bilim va a’lo baholar Bekzod To‘raqulovni “uyg‘oq” chegarachi qilib tarbiyalaydi. 

U faoliyatini Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida joylashgan harbiy qismda post boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida boshlaydi. Mas’uliyatliligi va o‘z burchiga sodiqligi tufayli bir yil o‘tar-o‘tmas post boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.

“Chegara qo‘shinlariga 25 yil” estalik nishoni bilan taqdirlangan Bekzod To‘raqulov o‘z xizmat vazifasi davomida yuzlab qonunbuzarliklarni aniqlab, sanoqsiz tovar moddiy-boyliklari, narkotik moddalarning chegarada ushlab qolinishiga erishdi.

 — Kamtarona xizmatimni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari meni mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida “Jasorat” medali bilan taqdirladilar. Bu menga bildirilgan yuksak e’tirofdir. Endilikda bu e’tirofga loyiq bo‘lishim, Vatanim sarhadlarini ko‘z qorachig‘imdek asrashim darkor, — deydi biz bilan suhbatda Bekzod To‘raqulov. — Menga berilgan ishonchni oqlayman. Shiorim shuki, o‘zbekman degan er yigitni harbiylik kasbi ulug‘laydi. 

Harbiy yigitimizning g‘ayrati va shijoatiga ko‘z tegmasin. 

E'lon