logo
. . .

Dilshodjon Pirmatov: "Menga so‘nmas iroda va umid bergan yetakchilardan minnatdorman"

Taqdir taqozasi bilan 4 yoshligida bitta qulidan ayrilgan Dilshod Pirmatov barcha tengdoshlariga o‘xshamaydigan qalb egasi. Buni payqagan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi uning xonadoniga tashrif buyurib, xonadonidagi 2 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil etishga ko‘maklashdilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay 100 dona quyon parvarishlash ham yo’lga qo’yildi. Endi Dilshodjon tadbirkor. Ikki tengdoshi ham unga ko‘maklashib, ish bilan band bo‘ldi.

Taqdir taqozasi bilan 4 yoshligida bitta qulidan ayrilgan Dilshod Pirmatov barcha tengdoshlariga o‘xshamaydigan qalb egasi. Hamisha izlanuvchanchili va mehnatsevarligi bilan tengqurlari orasida mehr qozongan. Buni payqagan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi uning xonadoniga tashrif buyurib, xonadonidagi 2 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil etishga ko‘maklashdilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay 100 dona quyon parvarishlash ham yo’lga qo’yildi. Endi Dilshodjon tadbirkor. Ikki tengdoshi ham unga ko‘maklashib, ish bilan band bo‘ldi.

Men imkoniyatim cheklanganidan hecham qo‘rqmaganman,chunki ota-onam, qarindoshlarim menga dalda bo‘lib kelishgan. Bugun esa men ikki karra xursandman.Menga endi kichik tadbirkorman. Menga bu baxtni yoshlar tashkiloti taqdim etdi. Kelajakda o‘zimning tengdoshlarimni , imkoniyati cheklangan yoshlarni ish bilan ta’minlayman.Menga so‘nmas iroda va umid bergan yetakchilardan minnatdorman deydi,- Dilshod Pirmatov. 

Biz tengdoshlariga namuna bo‘layotgan Dilshodjonning orzulari ushalishiga tilakdoshmiz.

E'lon