logo
. . .

Farxodjon Usmonov: Yosh olimlar Kengashi a’zosining tashabbusi!

Olim O‘zbekistonda tish implantatlarning suyak ichki qismiga biofaol qavat yaratmoqchi...

Farxodjon Usmonov yosh tadqiqotchi. 2006-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. Faol va tashabbuskorligi sabab, turli tanlov, loyiha va stipendiyalar g‘olibi bo‘lgan.

2009-yilda buyon BMT Aholishunoslik fondi (UNFPA)ning yoshlar tarmog‘i Y-PEER UZBEKISTAN a’zosi, VICH, OITS mavzularida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha trener maqomiga ega bo‘lgan.

F. Usmonov professor N.L.Xabilov rahbarligi ostida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ADSS 28.9 – “O‘zbekistonda yangi konstruksiyadagi tish implantatlarini yaratish, ularni eksperimental-klinik tekshirishlar natijasida asoslash va ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu grant asosida O‘zbekistonda ilk milliy tish implantatining tajriba namunasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston intellektual mulk agentligidan “Tish implantati” foydali modeliga patent olindi.

Hozirda F.Usmonov tibbiyot fanlari doktori professor N.L.Xabilov ilmiy rahbarligi ostida "Milliy tish implantati uchun biofaol qavat yaratish va uni samaradorligini asoslas" mavzuida PhD doktorlik ilmiy ishini olib bormoqda.

Ilmiy ish O‘zbekistonda ilk marotaba implanatatiga milliy xom ashyodan tish biofaol qavat yaratiladi va implantat qavatiga qoplanadi. Doktorlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha turli Xalqaro va Respublika konferensiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek, ushbu doktorlik mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan ADSS 15.24.3 «O‘zbekistonda tish implantatlarning suyak ichki qismiga biofaol qavat yaratish, ularni eksperimental-klinik tekshirishlar natijasida effektivligini asoslash» nomli amaliy granti loyihasi rejasi kiritilgan bo‘lib, F.Usmonov ushbu loyihada kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.

F. Usmonov 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan Respublikada yagona yosh olimlar innovatsion ilmiy – texnika loyihasi g‘olibi bo‘ldi. Hozirda F.Usmonov yosh olimlar yo‘nalishi bo‘yicha KYoA – 10-001 “Tish implantatlariga biofaol qavat qoplovchi qurilma yaratish” mavzuida ilmiy loyiha rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.

Uning 20 dan ortiq turli ilmiy va ommabop mavzulardagi maqolalari ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etilgan.

Jumladan, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 ta ilmiy maqola, shulardan 5 tasi yaqin va 5 tasi uzoq horijda chop etilgan, 6 ta tezis va 6 dan ortiq ommabop maqolalar va 3 ta foydali model, 1 ixtiroga patent muallifi.

Nima ham derdik... O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh olimlar Kengashining faol a’zosi bo‘lgan olimga "Barakalla", deymiz! Ilmiy salohiyatli yoshlar taraqqiyot uchun hamisha kerak.

E'lon