logo
. . .

Festival doirasida ilg'or g'oyalarni amalga oshirishni maqsad qildim

Ushbu tashrifimiz davomida ilm-fan va madaniyat, ichki turizm hamda tadbirkorlik sohalarida yosh vatandoshlarimiz bilan o’zaro tajriba almashish, O’zbekistonning mazkur yo’nalishlari taraqqiyotiga ma’lum bir hissa qo’shishga erishmoqchiman. Jumladan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir loyihalar va takliflar tayyorlab kelganman.

O’zbekiston umumjahon yoshlari assotsatsiyasining Xitoydagi vakili Nurmatova Munisa Shamsiddin qizi:
–Bu festivalda ishtirokimning maqsadi - chet mamlakatlaridagi o’zbekistonlik yoshlar va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zaro hamkorlik aloqlarini o’rnatish hamda tajriba almashishdan iborat. Bu festivalda o’z bilimlarimni tengdoshlarimizga ulashib, bilmaganlarimni ulardan o’rganaman.Vakil sifatida Xitoydagi ko’plab yoshlar fikri va ularning muammolari bilan tanishib chiqdim. Xususan, chet el oliy o’quv yurtlarining diplomi bilan o’qib qaytgan yoshlarda ma’lum sabablarga ko’ra ishsizlik muammosi yuzaga kelishi kabi holatlar ko’p uchraydi. Aynan shu mavzuni yosh vatandoshlarimiz o’rtasida muhokamaga qo’ymoqchiman. Sababi, bandlik bugunning dolzarb muammosiga aylangan. Bundan tashqari ta’lim sohasidagi yo’nalishlarni zamonaviylashtirish, Xitoy davlatidagi o’qitish metodikasidan ham keng foydalanish g’oyasini ilgari surmoqchiman. Mazkur metodika haqida yoshlarga atroflicha ma’lumot berib o’taman. Shuningdek, ular bilan o’zaro fikr almashib, yangi ilg’or metodikalarni yaratish niyatidaman.
Ushbu tashrifimiz davomida ilm-fan va madaniyat, ichki turizm hamda tadbirkorlik sohalarida yosh vatandoshlarimiz bilan o’zaro tajriba almashish, O’zbekistonning mazkur yo’nalishlari taraqqiyotiga ma’lum bir hissa qo’shishga erishmoqchiman. Jumladan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir loyihalar va takliflar tayyorlab kelganman. Kitobxonlik madaniyati targ’ibotini avvalo, oilaning kattalaridan boshlash tashabbusini bildiraman.  

Shaxnoza Nurullayeva
 

E'lon