logo
. . .

Ilhomiddin Bo‘riyev kabi millatni, kelajak avlodni sevuvchi insonlar ko'paysin

Zamonamiz qahramoni – Ilhomiddin Bo'riyev millatni, kelajak avlodni sevuvchi inson. Hozirgi kunda uning shogirdlaridan 7 nafari Parolimpiada musobaqalarida Osiyo va jahon chempionlari bo’lib yetishgan. 15 nafar sog‘lom bolalar ham ustozdan ushbu sportning sir-asrorlarini o‘rganib, ko‘plab yutuqlarni qo’lga kiritmoqda.

Uchquduq tumani yoshlari bilan uchrashganimda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarni, ko‘zi yonib turgan yoshlarni ishlatishimiz kerak, tajribasi kerak emas, millatni sevgan, mamlakatni sevgan odam kerak”, – degan so‘zlari yodimga tushdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Uchquduq tuman Kengashida kirar ekanman, “Yoshlar markazi”da jamoatchilik asosida yoshlarni yig‘ib, ularni shug‘ullantirayotgan sakkiz karra Osiyo chempioni hamda to‘rt karra jahon musobaqalari sovrindori Ilhomiddin Bo‘riyevni yoshlar bilan tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida uchratdik.

Qiziqayotgan bo‘lsangiz uning shogirdlari bilan suhbatlashamiz.

18 yoshli Shaxboz Bobomurodov fikrlari:

-Men yoshlikdan yura olmas edim. Bir kun ustozim uyimga tashrif buyurib, sport bilan shug‘ullanishim va bunga qo‘limdan kelgancha yordam beraman dedilar. Ustozim o‘zi sauna, hovuzlarga olib borib, massaj qilar, qiynalsam dalda berar, men bilan birga oyoqqa turish uchun kurashardi. Dastlab, ota-onam mashq jarayonlariga zalga ko‘tarib olib kelishar,tugagach yana o‘zlari olib ketishardi. Mendan so‘rasangiz ilk qadam tashlagan kunim ustozim mendanda xursand edi. Bugun esa men Osiyo chempioniman.

Mana, haqiqiy qahramonlar. Millatni, kelajak avlodni sevuvchi insonlar. Hozirgi kunda uning shogirdlaridan 7 nafari Parolimpiada musobaqalarida Osiyo va jahon chempionlari bo’lib yetishgan. 15 nafar sog‘lom bolalar ham ustozdan ushbu sportning sir-asrorlarini o‘rganib, ko‘plab yutuqlarni qo’lga kiritmoqda.

Yoshlar bilan suhbatlashar ekanmiz, barcha nuqsoni bor o‘quvchilarni ustoz Ilhomiddin Bo‘riyev ularning xonadoniga borib, sportga jalb qilgan. Bu saxovatpesha inson ularni sog‘lom hayotga qaytishida iroda va matonat uyg’otib, ular bilan birga kurashib, murodiga yetdi. Biz bu fidoyi insonga ko‘plab zafarlar yor bo‘lishini va yoshlarga hayot uchun kurashishga iroda va jur’at bilan ularni sog‘lom hayotga qaytarishga ulkan marralarni tilaymiz.

 

E'lon