logo
. . .

Ilhomjon Uzoqov

“Keb qoling, ob qoling”

Kosonlik Ilhomjonga Ittifoq avval foizsiz kredit, keyin soliqlardan imtiyoz yaratib berdi, endi esa bozori “chaqqon” bo‘lishi uchun uning novvotlarini targ‘ib qilmoqda!

Siz uchun shunga o'xshash imkoniyatlar yaratib bera olamiz!

Kosonlik yosh tadbirkor Ilhomjon Uzoqov ichki bozorni milliy shirinliklar bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shish ishlarini boshlab yuborgan.

U rahbarlik qilayotgan oilaviy korxonada tayyorlanayotgan novvotlarning bozori chaqqon.

— Koson sanoat kasb-hunar kollejida o‘qib yurgan kezlarimda novvotpazga shogird tushgan edim,— deydi Ilhomjon. — Ustozim qo‘l ostida milliy shirinliklar tayyorlash sir-asrorlarini puxta o‘rgandim. Shundan so‘ng, 2017-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mening biznes g‘oyam” ko‘rik-tanlovining tuman va viloyat, respublika bosqichlarida g‘olib chiqib, 20 million so‘m kredit olish huquqini beruvchi sertifikat bilan taqdirlandim. Ushbu imtiyozli kredit evaziga o‘zimning oilaviy korxonamni ochdim. 5 nafar yoshni ish bilan ta’minlaganim uchun soliqlardan ham imtiyozga ega bo‘ldim. Hozirgi kunda ichki bozorga oyiga 1 tonnaga yaqin novvot chiqarayapman.

Ilhomjon kelgusida korxonasini kengaytirib, mahsulotlari turini ko‘paytirishni va bu orqali yana bir nechta tengdoshlarining bandligini ta’minlashni mo‘ljallamoqda...

Barakalla!

 

E'lon