logo
. . .

Iqbola Ittifoq ko‘magi bilan mustaqil ish boshladi! 

Yoshlar ittifoqi ko‘magi bilan 10 000 000 so‘m miqdordagi imtiyozli kredit egasiga aylangan Iqbolaning biznes rejasi puxta ishlangan.

Avvalroq xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tomonidan yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, birgina “Yosh hunarmandlar oyligi” davomida viloyatda turli tanlovlar, ochiq muloqotlar, mahorat darslari, ijodiy ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Eng quvonarlisi, mazkur loyihalar negizida 51 nafar yoshlarga mustaqil hunarmandchilik bilan shug‘ullanishlari uchun katta imkoniyatlar taqdim etildi.

“Mohir qo‘llar izdoshlari” tanlovida kashf etilgan ana shunday yosh hunarmandlardan biri Umarova Iqbola ham bugun o‘z faoliyatidan mamnun.

U o‘zbek milliy kulolchilik san’ati bilan shug‘ullanishni, o‘z ustaxonasi bo‘lishini juda istardi. Ayni kunlarda Yoshlar ittifoqi uning istaklariga qanot bo‘ldi.

O‘n million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit egasiga aylangan Iqbolaga To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidan ijodiy ustaxona ham ajratildi. Endilikda, yosh tadbirkor o‘z tengdoshlariga hunar sirlarini o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

E'lon