logo
. . .

“Kamalak”dan chiqqan sardor qorilar musobaqasida Oliy sovrin sohibi bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida erkak qorilar o‘rtasida o‘tgan musobaqaning Oliy o‘rniga esa qoraqalpog‘istonlik Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov muyassar bo‘lgani va unga “Gentra” rusumli avtomobil yutuq tariqasida taqdim etilgan edi.

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida erkak qorilar o‘rtasida o‘tgan musobaqaning Oliy o‘rniga esa qoraqalpog‘istonlik Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov muyassar bo‘lgani va unga “Gentra” rusumli avtomobil yutuq tariqasida taqdim etilgan edi.

E’tiborga molik jihati Yo’ldoshbek qori Nuriddinov 2008-yili “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Olg‘a sardorlar” bahsida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etgan edi. Sizni qahramonimiz bilan yaqindan tanishtirishni lozim topdik.

Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li 1995-yil 9-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining “Kenagas” qishlog‘ida tavallud topgan.

Dastlabki Qur’on ta’limini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi Ne’matulloh qori Aminjon Eshondan olgan. 2001-2010-yillarda umumta’lim maktabida, 2010-2014-yillarda Nukus shahridagi Al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil olgan. Ilk Qur’on xatmini 2004-yili Ramazon oyida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome’ masjidida ado etgan.

2015-yildan hozirga qadar imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi.

Yutuqlari:

- 2008-yili o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat turnirida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

- 2008-yili Kamalak Bolalar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Olg‘a sardorlar” bahsida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etgan;

- 2011-yili XXI respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

- 2012-yili XXII respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

- 2013-yili Quvayt davlatida bo‘lib o‘tgan IV davra xalqaro Qur’on musobaqasida nufuzli ishtirok etib, eng peshqadamlar o‘ntaligidan joy olgan;

- 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan “Qur’on ziyofati” ko‘rik tanlovi g‘olibi;

- 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan ilk azon aytish musobaqasi g‘olibi;

- 2018-yili “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi.

E'lon