logo
. . .

Madina Baratova

Hali oldinda bajarishim lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p

Inson qachon baxtli bo‘ladi? Qachonki, o‘z uyida, oilasi bilan totuv yashasa, farzandi kelajagi uchun poydevor qura bilsa, xalqining koriga yaraydigan kasbu-kor etagidan tutsa...

Shukrkim, men shunday baxt egasiman. To‘g‘ri, tinimsiz izlanishda bo‘ldim, har daqiqadan unumli foydalanishga intildim, har kuni bir yangilik yaratishni o‘zim uchun odat qildim. Biroq, men bu baxtni yolg‘iz o‘zimmas, oilam hamda jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlashi, ko‘magi va maslahati evaziga topdim.

Ayniqsa, joriy yilda muhtaram Prezidentimiz Farmonlariga muvofiq, “Do‘stlik” ordeni mukofotiga sazovor topilganim zimmamga yuklatilgan vazifa mas’uliyatini yanada oshirdi. Hali oldinda bajarishim lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. O‘zimga bildirilgan bu yuksak ishonchni oqlash uchun burchliman. Shu mustaqil Vatanimiz kelajagi uchun, bizga umid ko‘zini qadab turgan yigit-qizlarning buguni va ertasi uchun bor kuch, imkoniyatimni ishga solaman.

E'lon