logo
. . .

Meliboyev Muhammad

"Yoshlar ittifoqi ko'magi bilan 2ta traktor oldim, imkoniyatlarim ikki barobar oshdi"

Yerga mehr – elga mehr, deb bejiz aytishmagan ekan. Zaminga sochgan bir dona urug‘ xalqimizning rizqi bo‘lib unib chiqarkan. Fermerlik faoliyatimni yo‘lga qo‘ygach, bunga yana bir bor amin bo‘ldim.

Dastlab, fermerlik faoliyatimni 10 gektardan oshiqroq yerga g‘alla va sabzavotchilik ekinlarini ekishdan boshlagandim. Ikki yil ichida natija yomon bo‘lmadi. Shunda o‘zimga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi. Ayni kunlarda Yoshlar ittifoqining ko‘magi bilan imtiyozli kredit asosida 2 ta traktor olishga muvaffaq bo‘ldim. Endi faoliyatni yanada kengaytirish va unumdorlikni oshirish uchun imkoniyatlarim yetarli.

Birgina men istiqomat qilayotgan Toshkent viloyatining o‘zida 600 nafardan ortiq yosh fermer xalqimizning farovon yashashiga hissa qo‘shmoqda. Ularning mehnati bilan ona yer yanada unumdor bo‘lishiga ishonaman.

Meliboyev Muhammad, yosh fermer

E'lon