logo
. . .

Olti yillik armonim ushaldi

Yoshligimdan badiiy ijod sohasida qalam tebratib kelaman. Bugungi kungacha 300 ga yaqin badiiy hikoya va publitsistik maqolalarim matbuot nashrlarida yoritilgan. Bir necha forum, seminar va anjumanlar gʻolibi, shuningdek respublika toʻplamlarida ijodiy ishlari oʻrin olgan yosh ijodkorlardanman. Biroq talaba boʻlish orzusi menga yillar davomida armon boʻlib kelar edi. Oʻzim sevgan va yoshligimdan qiziqqan bu sohaga litseyda oʻqib yurgan kezlarimdan tayyorlanib kelardim. Soha fanlaridan ham chuqur bilim va koʻnikmalarimni rivojlantirib jurnalistika sohasiga ketma-ket 5 yil hujjatimni topshirdim. Biroq.... Oliy maʼlumotli boʻlish niyatim amalga oshmay qolaverdi.

Yoshligimdan badiiy ijod sohasida qalam tebratib kelaman. Bugungi kungacha 300 ga yaqin badiiy hikoya va publitsistik maqolalarim matbuot nashrlarida yoritilgan. Bir necha forum, seminar va anjumanlar gʻolibi, shuningdek respublika toʻplamlarida ijodiy ishlari oʻrin olgan yosh ijodkorlardanman. Biroq talaba boʻlish orzusi menga yillar davomida armon boʻlib kelar edi. Oʻzim sevgan va yoshligimdan qiziqqan bu sohaga litseyda oʻqib yurgan kezlarimdan tayyorlanib kelardim. Soha fanlaridan ham chuqur bilim va koʻnikmalarimni rivojlantirib jurnalistika sohasiga ketma-ket 5 yil hujjatimni topshirdim. Biroq.... Oliy maʼlumotli boʻlish niyatim amalga oshmay qolaverdi. Bu orada oʻzimizning tuman va viloyat matbuot nashrlarida muxbir sifatida faoliyat yuritib turdim. Joriy yilda esa Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qaxramon Quronboyev tavsiyasi bilan Respublika yosh ijodkorlar kengashiga ishga joylashdim va oliy taʼlimga tayyorlanish uchun sharoitlarga ega boʻldim... Bu yilgi test tizimida adolat va shaffoflikni taʼminlanganligi, qoʻshtirnoq ichidagi holatlarga qaysidir maʼnoda chek qoʻyilgani biz kabi isteʼdodli va bilimli yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Nihoyat, kamina joriy yilda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi boʻlishga erishdim. Hozirda quvonchim ichimga sigʻmaydi. Talabalik baxti va sururi boshqacha boʻlar ekan. Kech boʻlsa-da, natijaga erishildi. Endi faqat va faqat olgʻa boraman. Oʻzimga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor kuchim, bilimimni vatan taraqqiyoti uchun sarflashga harakat qilaman...

Islom Asilbekov,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

E'lon