logo
. . .

O‘zbekiston yoshlari uchun barcha imkoniyatlar har sohada yetarli

"Tadbirkor bo‘laman" – deya, niyat qilgan bu yigit tirishqoqligi bilan o‘rtoqlaridan ajralib turadi. O‘z uyida issiqxona tashkil etib, “Tomorqam-mening foydam” deya mehnat qilayotgan bu yigit tomorqadan foydalanish madaniyatidan xabardor ekanligiga guvoh bo‘ldik.

O‘zbekiston yoshlari uchun barcha imkoniyatlar har sohada yetarli. Bundan faqatgina oqilona foydalanish kerak xolos. Bu borada tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan 2 guruh nogironi Qiziltepa maishiy va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nosir Choriyevdir.

‘Tadbirkor bo‘laman’ – deya, niyat qilgan bu yigit tirishqoqligi bilan o‘rtoqlaridan ajralib turadi. O‘z uyida issiqxona tashkil etib, “Tomorqam-mening foydam” deya mehnat qilayotgan bu yigit tomorqadan foydalanish madaniyatidan xabardor ekanligiga guvoh bo‘ldik. Bundan tashqari qurilish materiallarida foydalanish uchun bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarib, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida tijorat banklaridan kredit olish uchun harakat qilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Rifat Ortiqov Nosirjonning xonadoniga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida tushuncha berdi hamda kredit olishda amaliy yordam berilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash har bir rahbarning asosiy vazifalaridir biri. Bu borada yoshlar tashkiloti amaliy ishlarni davom ettiradi.Zero, yoshlar ishonchi tashkilotga berilgan bahodir.

E'lon