logo
. . .

Seni kuylamoqqa haqqim bor mening

Shahina Shodiyeva Romitanning olis Poyjuy qishlog‘ida istiqomat qiladi. Ijodga havasmand. Endigina 8-sinfni bitirganiga qaramay, uning she’rlari anchagina sayqallangan. Qalbida vataniga muhabbati bor.

Shahina Shodiyeva Romitanning olis Poyjuy qishlog‘ida istiqomat qiladi. Ijodga havasmand. Endigina 8-sinfni bitirganiga qaramay, uning she’rlari anchagina sayqallangan. Qalbida vataniga muhabbati bor. Chet tillarini o‘rganishga qiziqadi. Nemis tili fanidan o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” g‘olibi. Bundan tashqari, Shahina maktabda o‘tkazib kelinayotgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. “Yosh kitobxon”, “Orasta qizlar” tanlovlarining faol ishtirokchisi. O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi tomonidan zamonaviy noutbuk bilan taqdirlangan. Quyida uning she’rlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 

Seni kuylamoqqa haqqim bor mening

 

Buxorodek aziz yurtda tug‘ildim,

Toleimda to‘kis baxtim bor mening.

Ona shahrim quchog‘ingga shoshildim,

Seni kuylamoqqa haqqim bor mening. 

 

Obidalar so‘zlar ming yillik ertak,

Tinglab eshitmoqqa sabrim bor mening.

Nihollar har bahor ochganda kurtak,

Kulib, quvnamoqqa haqqim bor mening.

Nomi shariflikka tenglasha olgan,

Buxoromdek go‘zal shahrim bor mening.

Bo‘yi dunyolarga bo‘ylasha olgan,

Har bir yaprog‘iga haqqim bor mening.

Ibn Sinolarga beshik bo‘lding sen,

Pirlar ichra yetti Pirim bor mening.

Ne-ne zotlar ruhi senda olar tin,

Faxr etmoqqa to‘la haqqim bor mening.

Sening noming bilan dunyo kezaman,

Yuragimda jajji dunyom bor mening.

Dilda qaynoq mehring taftin sezaman,

Dadil so‘zlamoqqa haqqim bor mening. 


Biz Vatan yoshlari-yurt quyoshlari 


Biz Vatan yoshlari-yurt quyoshlari, 

Vatanning suyangan yelkadoshlari.

Har sohada ilg‘or, har biri komil, 

Bugun sinalmoqda chin bardoshlari. 

 

Siz baxtli avlodsiz yurtim yoshlari,

Sizga ishonamiz yurt quyoshlari. 

Bizga tayandi-ku bugun el-u yurt, 

O‘zbekning tayanchi qora qoshlari. 

 

Yoshlar bilan bugun Vatanim buyuk, 

Ular istiqlolning hur sirdoshlari. 

Biz uchun shu Vatan ardoqli suyuk, 

O‘zbekning yoshlari yelkadoshlari.

E'lon