logo
. . .

To‘lqinlar osha Argentinaga

Ispaniyaning Barselona shahrida baydarka va kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yurtimiz sharafini 8 nafar yosh sportchilarimiz himoya qildilar. Bizni quvontiradigan jihati, murosasiz o‘tgan bellashuvlarda faqatgina poytaxt viloyatida yashovchi Gulbahor Fayziyeva 1-o‘rinni egalladi va joriy yilning oktabr oyida Argentinada bo‘ladigan III o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanmani qo’lga kiritdi.

– Musobaqada kurash jiddiy kechdi, – deydi G.Fayziyeva. – Chuni, raqiblarim uchli edi. Bellashuvga tayyorgarlik ko‘rganimiz tufayli yuqori natijaga erishdik.
G.Fayziyevani sport olamiga onasi olib kirgan. Sababi, u qizini sog‘lom voyaga yetishini istardi.
– Qizlarimni sport bilan shug‘ullanishiga barcha sharoitlarni yaratib berganman, – deydi Gulnoza Ahmedova. – Kattasi Zarina taekvondo bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinni egallagan. Gulbahor esa, doim: “Men Olimpiadaga boraman”, derdi. Mana, bugun orzusi ushaldi.

Gulbahor kanoyeda eshkak eshish mashg‘ulotlarini boshlaganiga endi 2 yil bo‘ldi. Lekin, shu qisqa muddat ichida salmoqli yutuqlarga erishdi. Jumladan, bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Samarqandda o‘tkazilgan Osiyo ochiq kubogida 200 va 500 metr masofaga eshkak eshish yo‘nalishida shohsupaga ko‘tarildi. O‘tgan yiling oktabr oyida esa Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempioatida yana yuqori natija qayd etdi.
Gulbahor bu yutuqlarga mashaqqatli mehnati va murabbiylarining ko‘rsatmalarini to‘liq bajargani evaziga erishgan. U mashg‘ulotlarni O‘rta Chirchiq tumanida – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi eshkak eshuvchilar bazasida olib boradi.
– Gulbahor eng iqtidorli shogirdlarimdan, – deydi murabbiysi Yekaterina Zarkova. – O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi, mashg‘ulotlarga doimo vaqtida keladi. Mehnatdan qochmaydi, tinim bilmaydi. Ayni kunlarda u bilan Olimpiadaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayapmiz.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosiga aylangan Gulbahor Yoshlar kuniga ana shunday yutuqlari ila peshvoz chiqmoqda.

E'lon