logo
. . .

Vatanimning porloq kelajagiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish–eng oliy maqsadim!

Yosh vatandoshlarimiz bilan uchrashuvda O’zbekistonda IT texnologiyalari test sinovlarida qo’shimcha tarzda ijodiy imtixon sistemasini yo’lga qo’yish, “Google”, “Microsoft”, “Facebook” kabi  qator nufuzli kompaniyalar professorlari ishtirokida yoshlarimizga o’quv-seminarlari o’tkazilishini joriy etishga doir muzokaralar o’tkazish istagidaman.

Dehli texnologik universiteti talabasi xorazmlik  Murotov Umirbek O’ktam o’g’li:


–Mazkur festivalga tashrifimdan maqsad – Hindistondagi innovatsion texnologiyalar va innovatsion g’oyalarni ona yurtimizda ham amalda tadbiq etib, chet el texnologiyalari tajribasini o’zimizda ham sinab ko’rish. Yoshlarimizning axborot kommunikatsion texnologiyalari bo’yicha xalqaro mamlakatlarda tahsil olib, malakalarini oshirish tizimini rivojlantirsak ko’zlangan natijalarga erishiladi.  Aynan shu yo’nalishlarga doir g’oyalarni festivalda ilgari surmoqchiman. Barcha yangiliklarva ixtirolar albatta g’oyadan boshlanadi. Ko’rib turibmizki, XXI asr texnologiyalar asriga aylanmoqda. Shunday ekan, O’zbekistonda ham IT texnologiyalarini ommalashtirish lozim. Xususan,elektron bazalarning yangilanishi tezlashtirishhamda uning doirasini kengaytirish oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri. Elektron bazalar ham ortiqcha sarf harajatni cheklaydi, vaqt va resurslarni saqlashga muvaffaq bo’lamiz. Bundan tashqari imtixonlar uchun maxsus elektron sistemani takomillashtirish bo’yicha o’z g’oyalarim bilan tashabbus ko’rsatmoqchiman. Xususan, Dehli texnologik universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi tashkil etish taklifini ham festival doirasida o’zaro fikr-mulohazalarda bildirmoqchiman.Bu orqali iqtidorli yoshlarimizga chet elda tahsil olib, o’z imkoniyatlarini kengaytirib qaytishiga ko’maklashamiz. Yangi iste’dodlarni yuzaga chiqaramiz.

 
Shuningdek, yosh vatandoshlarimiz bilan uchrashuvda O’zbekistonda IT texnologiyalari test sinovlarida qo’shimcha tarzda ijodiy imtixon sistemasini yo’lga qo’yish, “Google”, “Microsoft”, “Facebook” kabi  qator nufuzli kompaniyalar professorlari ishtirokida yoshlarimizga o’quv-seminarlari o’tkazilishini joriy etishga doir muzokaralar o’tkazish istagidaman.

O'zbekistonning porloq kelajagiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish–eng oliy maqsadim. Shuning uchun ham Hindistonga o’qishga ketdim.U yerda bilimlarimni oshirib, mamlakatimizda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun bor kuch-g’ayratimni ishga solaman.
 

Shaxnoza Nurullayeva

E'lon