logo
. . .

 Yosh fermer Ziyodulla Turg'unboyev: “Yechimsiz masala yo‘q! Faqat ortga chekinmasak bas…”

Bugungi kunda tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritib, xalqimiz koriga yarayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Ulardan biri – andijonlik 24 yoshli fermer Ziyodulla Turg’unboyev  tirishqoqligi, mehnatkash va intiluvchanligi tufayli katta yutuqlarga erishib kelmoqda.

 “Yechimsiz masala yo‘q! Faqat ortga chekinmasak bas…”

Bugungi kunda tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritib, xalqimiz koriga yarayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Ulardan biri – andijonlik 24 yoshli fermer Ziyodulla Turg’unboyev  tirishqoqligi, mehnatkash va intiluvchanligi tufayli katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Yosh fermer aslida Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan. 2012-yilda “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

U o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, Andijon viloyat naslchilik boshqarmasi mollarni karantin qilish fermasiga boradi. Fermadagi zotdor sigirlarni ko‘rib, unda chorva fermer xo‘jaligini tashkil etish g‘oyasi tug‘iladi. 2014-yil sentabrda Polshadan keltirilgan 16 bosh Galshteyn Frize (Qora ola) zotli sigirlarni imtiyozli kredit asosida sotib oladi va o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlaydi.

“Faoliyatimning dastlabki yillarida tajribasizligim pand berib, sigirlarni parvarishlash bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keldim.  Muammolarni hal qilish maqsadida tajribali fermerlardan maslahatlar oldim. Tuman veterinarlariga ham murojaat qildim. Keyinchalik, Toshkent agrar universitetida malaka oshirdim. Faoliyatim mobaynida “Yechimsiz masala yo‘q!” –degan, xulosaga keldim. Faqat chekinmaslik, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va faqat ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish kerak ekan”–deydi, Ziyodulla.

Ilg’or fermer  veterinariya va zootexniya forumlarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi. Soha borasidagi bilimini oshirishga, o’zaro tajribalar almashishga, sohadagi yangiliklardan boxabar bo’lib borishga intiladi. Bundan tashqari, yosh tadbirkor dunyoning yetakchi kompaniyalarining eng sara mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan trening mashg‘ulotlarida ham qatnashib kelmoqda.

–Bugungi kunga qadar erishgan yutuqlarimda Yoshlar ittifoqining hissasi katta, – deydi qahramonimiz. – Bu tashkilot yosh fermerlar uchun qanot vazifasini o‘tamoqda. U bizga har qanday vaziyatda yelkadosh, suyanchdir.

 

Ziyodulla kelgusida sutni qayta ishlash zavodi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. U aholiga sifatli sut mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirgan. Bu ezgu maqsadni amalga oshirish yo‘lida yosh fermerga muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz.

Shaxnoza Nurullayeva

E'lon