logo
. . .

"Yosh vatandoshlar" festivali ishtirokchilaridan intervyu

Tashrifimdan maqsad — zamonaviy O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish. Mahalliy yoshlar madaniyatini yaqindan o‘rganib, ta’lim sohasida o‘z bilimlarim bilan o‘rtoqlashish, o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni online internet ta’limga taklif qilish va o‘ziga ishongan, kasbida muvaffaqiyatli yoshlarni tarbiyalashni o‘rgatish niyatidaman...

Komila Sultonova, Xelsinki, Finlyandiya, Daniyadagi Orxus universiteti xalqaro marketing va kommunikatsiya fakulteti talabasi:


— Tashrifimdan maqsad - zamonaviy O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish. Mahalliy yoshlar madaniyatini yaqindan o‘rganib, ta’lim sohasida o‘z bilimlarim bilan o‘rtoqlashish, o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni online internet ta’limga taklif qilish va o‘ziga ishongan, kasbida muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni tarbiyalashni o‘rgatish niyatidaman.


Mamadaliyev Egamberdi Nosirxonovich, Bishkek, Qirg‘iziston, Embassy Real Estate LLC bosh direktori:

— Aslida o‘zbekman, lekin Qirg‘izistonda tug‘ilganman. Vatanimni doim sog‘inaman. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan har bir voqeani katta qiziqish bilan kuzataman. So‘nggi paytda respublikada islohotlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, bu kishini quvontiradi. Men mahalliy yoshlar, tadbirkorlar bilan tajriba almashish niyatidaman.

Shaxnoza Nurullayeva

E'lon