Media Markaz

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi - yoshlarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularni qamrab olgan turli ruknlar, sahifalar, maqolalar, eshittirishlar, internet materiallari, roliklar, filmlar, seriallar, tok-shoular va ko’rsatuvlar tayyorlash va ularni davlat va nodavlat teleradiokanallar, internet, bosma nashrlar orqali tarqatishdan iborat.

Markaz o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Yoshlar hayotiga doir bo’lgan tanqidiy va tahliliy mavzularda tok-shoularni, maqolalarni, eshittirishlarni tayyorlash;

O’zbekiston yoshlarining ijtimoiy muammolarining yechimiga bag’ishlangan hamda yoshlarning yutuqlari to’g’risidagi film va seriallar tayyorlash;

O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini targ’ib etuvchi ijtimoiy va reklama roliklarini tayyorlash;

Tayyorlangan mediamahsulot(kontent)larni internet tarmog’i orqali yoritib borilishini yo’lga qo’yish.