Endi to’laqonli xayot kechira oladigan Temurbek hikoyasi

Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumanida istiqomat qiluvchi Temurbek Otamirzaev, kichkinaligida sodir bo’lgan bahtsiz hodisa tufayli bir ko’zidan mahrum bo’lgan. Mittigina Temurbekni ota-onasi uchun bugun katta fojiaga aylandi. Ahir Temurbek endigina 7 yoshni qarshilagan edi. Bunday fojia bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir etishni boshlayotgan edi.

Temurbekning hamma bolalar kabi faol va oddiy hayot kechirishi uchun unga ko’z protezi o’rnatilishi lozim edi. Ammo Temurbekning oila a’zolarida ko’z protezini o’rnatish uchun yetarli mablag’ yo’q edi. Bolaqayning ota-onasi yordam so’rab ko’plab idora va tashkilotlarga murojaat qilishdi. Ammo barcha xarakatlar natijasiz qoldi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi mamlaktimiz Mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlab “Yoshlar poezdi” targ’ibot aktsiyasini o’tkazdi. Ushbu aktsiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini targ’ib etish, yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o’zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga ko’maklashishdan iborat. Ushbu “Yoshlar poezdi”da yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, Yoshlar ittifoqi faollaridan iborat targ’ibot guruhlari Farg’ona vodiysining barcha hududlariga chiqib, targ’ibot tadbirlarida ishtirok etdi. Ushbu targ’ibot aktsiya doirasida turli ochiq muloqotlar o’tkazildi. Ushbu muloqotlarda barcha xohlovchilar o’z muammolari, taklif va istaklari bilan ishtirok etishdi.

Yangiqo’rg’on tumanida joylashgan nogiron bolalar kasalxonasida o’tkazilgan mana shunday ochiq muloqotlarning birida, Temurbekning dadasi Dilshodbek Gafarov o’g’lining muammosi bilan murojaat qildi. Dilshodbekning muammosini eshitgan Yoshlar ittifoqi rahbariyati hamda faollari unga albatta bu muammoni yechishda yordam berishlarini aytishdi. Bir necha kundan so’ng O’zbekiston yoshlar ittifoqi ko’magi bilan Temurbekni Toshkentga olib kelishdi. Uni poytaxtning eng yaxshi ko’z kasalxonasiga keltirib, tibbiy tekshiruvdan o’tkazishdi. Kerakli davolanishdan so’ng unga ko’z protezi o’rnatildi. Endi Temurbek hamma bolalardek hayot kechirishi mumkin. Bolaning nuqsoni uning jamiyatda o’z o’rnini topishiga ta’sir etmaydi. Umid qilamizki, Temurbek kelajakda katta yutuqlarga erishadi. Bu yo’lda unga O’zbekiston yoshlar ittifoqi kelgusida ham qo’maklashadi!