“MY 5” telekanali

“MY 5”  telekanali– o‘zbek, rus, ingliz tillarida o’z faoliyatini olib boradi. Telekanal asosan yoshlar (maktab, litsey va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda murabbiylari, korxona va tashkilotlar xodimlari)ga mo‘ljallangan. Kanalning 50% O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tegishli.

O‘zining faoliyati davomida telekanal tomoshabinlar e’tibori, ishonchini qozonib, o‘zining raqobat kuchiga ega ekanligini muvaffaqiyat bilan isbotladi. Uning nufuzli o‘rin egallashida fuqarolik jamiyati uchun jonkuyarligi muhim omildir. Ommaga qiziq bo‘lgan, yoshlarbop va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzudagi kontentni taqdim qilish kanalning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Efir soati: 24 soat.

Efir qamrovi: Respublika bo`ylab.