Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- yoshlarning ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag’batlantirish, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlariga ko’maklashish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ma’lumotlarni tahlil qilish, mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan tizimli takliflarni ishlab chiqish;
- yoshlar o’rtasida tadbirkorlikni ommalashtirish, yoshlarni biznes saboqlariga o’qitish va o’rgatish, ular faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, duch kelinayotgan muammolar va to’siqlarni bartaraf etishga ko’maklashish;
- O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo’lgan yosh tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko’rilayotgan paytda ular manfaatini himoya qilish;
- barcha hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O’zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo’lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartibni joriy etish va ular faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish;
- yoshlar orasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion biznes loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
- yangidan faoliyat boshlayotgan yosh tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes tuzilmalar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko’rsatish;
- innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startup” loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o’z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, yoshlar bandligi va daromadlarining jadal o’sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko’maklashish;
- yosh tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o’qitishni tashkil etish bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlari uchun o’quv kurslarini ishlab chiqish va o’tkazish;
- biznes-forumlar, ko’rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy yosh tadbirkorlarning keng ishtirokini ta’minlash;
- yoshlarni tadbirkorlikka o’qitish hamda faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirkorlik infratuzilmalarini tashkil etish;
- yosh tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, respublika bank-moliya, soliq, bojxona va boshqa idoralar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatidan kelib chiqib yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini hayotga tadbiq etish, ayniqsa, barcha toifadagi yoshlar, jumladan ish bilan band bo’lmagan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yoshlar o’rtasida ishbilarmonlik muhitini yaratish, yoshlarning o’z shaxsiy biznesini tashkil etishni rag’batlantirishga qaratilgan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlari ishlab chiqish va bajarilishini muvofiqlashtirish;
- yoshlar tadbirkorligiga oid statistik ma’lumotlarni olib borish va doimiy tahlil etib borish;
- hududiy bo’limlarning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Bo’lim o’ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib:
- yosh tadbirkorlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi, ularning faoliyatini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashadi, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
- Ittifoqning maqsad-vazifalarini hayotga tadbiq etish yuzasidan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlari ishlab chiqadi va bajarilishini ta’minlaydi;
- Ittifoqning Markaziy Kengashi, Ijroiya qo’mitasi va rahbar organlar yig’ilishlarida ko’rib chiqish uchun bo’limga tegishli masalalar hujjatlari loyihalarini reglament talablari asosida tayyorlaydi, tegishli bo’limga topshiradi;
- Ittifoqning Markaziy Kengashi, Ijroiya qo’mitasi va rahbar organlar yig’ilishlarida qabul qilingan qaror va rejalarning bo’limga tegishli qismlari ijrosini ta’minlaydi, ularning bajarilishi yuzasidan tegishli axborotlar tayyorlaydi;
- bo’lim faoliyati bilan bog’liq ishlarni yuritadi va hujjatlar bilan ishlaydi, bo’lim faoliyat doirasiga tegishli turli yig’ilishlar, ishchi yig’ilishlar va boshqalarda ishtirok etadi;
- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning ahvolini tadqiq etish bo’yicha Muvofiqlashtirish Kengashi va ekspert komissiyalari, axborot-tahlil materiallari tayyorlash bo’yicha olimlar, mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etadi;
- doimiy ravishda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid izlanishlar o’tkazish, ushbu sohaga oid taklif va muammolarni o’rganib chiqib, tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash, shu asosda aniq chora-tadbirlarni belgilash va hayotga tadbiq etish, ularni hal etishga qaratilgan respublika va mahalliy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha Ittifoqning faoliyati, a’zolari, yosh tadbirkorlar, yosh biznes trenerlar hisobi va hisobotini olib boradi, yoshlarga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni to’playdi, tahlil qiladi va yangilab boradi;
- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston yoshlar ittifoqi va quyi tizimlar faoliyatiga oid tahliliy hisobotlarni tayyorlaydi;
- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha turli idora, muassasa va tashkilotlar bilan Ittifoqning munosabatlarini yo’lga qo’yadi, o’zaro aloqalarni tashkil qiladi.
Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun quyidagi huquq va vakolatlarga ega:
- Ittifoqning quyi Kengashlaridan bo’limga tegishli turli axborotlar, ma’lumotlarni talab qilib olish;
- bo’limga kelgan hujjat, xat, ariza, shikoyatlarni ko’rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo’yicha chora-tadbir belgilash, xulosa, ma’lumot, axborot va boshqalar tayyorlash, tashkilot va fuqarolarga javob xati tayyorlash uchun Ittifoqning quyi Kengashlari va mas’ul xodimlariga yuborish;
- zarur hollarda tadbirlarni tayyorlash va o’tkazish uchun Ittifoqning quyi Kengashlari, ularning mas’ul xodimlari, boshqa tashkilotlar va malakali mutaxassislarni o’rnatilgan tartib-qoidalar, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish.