logo
. . .


Men oddiy oila farzandiman. Otam quruvchi, onam esa uy bekasi. Oiladagi e’tibor tufayli 10 yildan buyon sportning karate turi bilan shug‘ullanib kelaman. 2012-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan jahon kubogida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdim. 2013-yilda esa Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham mutlaq g‘olib bo‘ldim.

Bugungi kunda 3 karra jahon chempioni degan yuksak nom egasiman. Kuni-kecha arzimas xizmatlarim munosib e’tirof etildi. Prezidentimiz yoshlarga, sportga e’tiborning amaldagi yana bir namunasini ko‘rsatib, menga "Spark" avtomashinasini sovg‘a qildilar.

Ishonch va rag‘bat uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Meni va O‘zbekiston yoshlarini kelgusida yanada ulkan marralar kutmoqda!



Ulashing:

E'lon