logo
. . .


Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida Andijon viloyatida oʻtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasining yakuniy final bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Musobaqada viloyatdagi 878 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga koʻra “Hokim kubogi 2018”ning birinchi oʻrinini Andijon shahar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻinining “Bunyodkor” jamoasi.

Ikkinchi oʻrin esa Andijon tumaning “Jaxonobot” mahalla fuqarolar yigʻinining “Jaxonobot” jamoasi egalladi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat hokimi Shuxratbek Abduraxmonov ishtirok etdi va gʻoliblar uchun ajratilgan qimmatbaxo sovgʻalarni oʻz egalariga topshirdi.

Irodali va mazmunli oʻyin uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz! GʻALABA MUBORAK!



Ulashing:

E'lon