logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Yoshlar ittifoqi tomonidan "Notinch oilalarning ahvolini o‘rganish va muammolarini bartaraf etish to‘g‘risida"gi chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash ishlari jadallik kasb etmoqda.

Kuni-kecha ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Kengashi Yoshlar yetakchisi Shahrisabz shahrida bo‘ldi.

Bir qator notinch oilalar ahvoli o‘rganildi.



Jumladan, "G‘afur G‘ulom" mahallasi, "Firdavsiy" ko‘chasida istiqomad qiluvchi G‘ulomov Abdurashidning xonadoniga tashrif buyurildi.

G‘ulomov Abdurashid hozirda 2,5 sotixli hovlida qurilgan 3 xonali uyda onasi, turmush o‘rtog‘i, voyaga yetgan 2 nafar singlisi (singillari farzandlari bilan oilasidan ajralib kelgan) va farzandlari bilan yashab kelmoqda.

Shu sababli, oilada arzimagan vajlar natijasida urush-janjal kelib chiqmoqda.

Ushbu holatni Yoshlar ittifoqi viloyat va tuman Kengashi raislari, tuman "Mahalla" xayriya jamoat fondi atroflicha o‘rganib, G‘ulomov Abdurashidga namunali uylardan ajratish bo‘yicha Shahrisabz shahar hokimligiga bildirgi kiritdi.

Yaqin kunlarda bu masala shahar hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy hal etiladi.



Ulashing:

E'lon