logo
. . .


Hozirgi kunda xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarimiz talaygina. Ular ta’lim olish bilan birga xorij tajribasini ham o‘rganib, o‘z faoliyatida davomida uning samarali usullaridan keng foydalanib kelishmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o‘rtasida xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar masalalarini hal qilish va hamkorlik o‘rnatish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i – Ulug‘bek Tashkenbayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i – Nizamjon Ishonqulov, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi – Murodilla Alimbayev va OAV xodimlari qatnashdi.

Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasixorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi xujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash sohasidagi o‘zgarishlar haqida habardor etishva mazkur jarayonni soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda nostrifikatsiyalash uchun murojaat qilgan o‘zbekistonlik yoshlarning xorijda olgan ta’lim sifatini monitoring qilish va vakolatli davlat organlariga takliflar kiritishni ham asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etgan. Faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liq tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi xujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) qoidalari, talab va tartibini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish yuzasidan ochiq muloqotlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni chet ellarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi xujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha statistik ma’lumotlar almashiladi.

– Mazkur hamkorlik aloqalari xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar hayotida duch kelayotgan ta’lim sohasidagi muammolarni hal etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kelishuv asosida faoliyat yuritishga ko‘maklashish, yurtimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor etib borish, ular bilan doimiy muloqot maydonini yaratishni ta’minlaydi, – deydi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bosh mutaxassisi Nozima Ruzmatova.

Shaxnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon