logo
. . .


Bugun Davlat maslahatchisi Ishchi guruhi bilan Urganchdagi qabristonni obod qiladi!

Xabaringiz bor, Davlat maslahatchisi ayni kunlarda o‘z Ishchi guruhi bilan Xorazmda bo‘lib, aholining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish va ularga ko‘mak berish maqsadida qator ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.

Prezident vakili Ishchi guruhi kecha kutilmagan manzaraga duch keldi.

Suratlarda ko‘rib turganingiz - Urganch tumanidagi “Shohidallo” mahallasiga qarashli “Qirmamat bobo qabristoni”.

Qabriston anchadan buyon qarovsiz qolganligi shubhasiz. Ishchi guruh vakillariga mahalla raisi ushbu hududda kecha hashar uyushtirishni va’da qilgandi. Biroq soniyalar soatlarga, saatlar kunga almashdi. Amal bajarilmadi.

Kun davomida hududning biron bir aholisi hasharga chiqishni o‘ylamadi ham.

Mahalla aholisi loqayd, ota-bobolari yotgan muqaddas dargohni obod holatga keltirish negadir ularni qiziqtirmadi.

Izoh talab qilmas jarayonda mahalla aholisi, yoinki, mahalla fuqarolar yig‘ini e’tiborsiz.

Qabriston va muqaddas qadamjolarni obod qilish aslida azaliy qadriyatimiz emasmidi?

O‘z uyingni o‘zing ozoda tut, qabilida ish yuritish bu mahallaga xos emasdek go‘yo.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. Biroq, qarorning ijrosi ushbu mahallada ta’minlanganiga shubhalanasan, kishi.

Ta’kidlash joizki, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish bizning ming yillik qadriyatimiz. Buning negizida yosh avlod tarbiyasi ham mujassam.

Vaqt kutib turmaydi. Bugun ushbu qabristonni Davlat maslahatchisi o‘z Ishchi guruhi bilan obod qiladi.

Natijalarni esa ma’lum qilamiz.



Ulashing:

E'lon