logo
. . .


Karmana tumani “Do‘rman” MFYda yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Najimova 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini yaqinlari bilan maslahatlashmasdan, uyida yolg‘iz qoldirib, pul topish maqsadida voyaga yetgan to‘ng‘ich farzandi bilan Rossiya davlatiga chiqib ketgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengashi qarovsiz qoldirilgan bolalarning ahvoli haqida eshitib, tezda mahallada hozir bo‘ldi.

Ming afsuski, voyaga yetmagan bolalar teri kasalligiga chalingan ekan. Yetakchi tashabbus ko‘rsatib, har ikkala bolani shifoxonaga olib bordi. 3 kun davomida shifokorlar ko‘magi bilan bolalar oyoqqa turdi. Yetakchi bolalarni shifoxonadan olib chiqib, bobosining qo‘liga topshirdi.

Uning maktab ta’limini davom ettirishi uchun muassasa rahbariyati bilan gaplashdi.

Ushbu holat yuzasidan afsuski, mahalla faollari hamda mahalla posbonining xabari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Ularga Yoshlar ittifoqining maxsus bayram sovg‘alari berildi. Ota-onasiz ulg‘ayayotgan bolajonlarning yuzlarida tabassum ilingandek bo‘ldi.

Endilikda bolalarning onasi xorijdan qaytgunga qadar ular Ittifoq homiyligi ostida tahsil oladi.



Ulashing:

E'lon