logo
. . .


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 34-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan qator korxona va tashkilotlar hamkorligida har yili tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu oromgoh voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va turli diniy ekstremistik oqimlarga, giyohvandlikka kirib ketish holatlarining oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarzi talablari asosida, shuningdek, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va eng asosiysi, profilaktik hisobdan chiqarishga ko‘maklashuvchi eng samarali loyihalardan biri sanaladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi hamkor tashkilotlar bilan Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tuman (shahar)lar o‘rtasida Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va qiz bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etdi.

Ularda viloyat bo‘yicha 471 nafar hisobga olingan yoshlardan 111 nafari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat komissiyasi a’zolari yig‘ilib, o‘yinlar davomida xulqi, dunyoqarashi ijobiy tomonga o‘zgargan voyaga yetmaganlarni IIB profilaktik ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha tavsiyanomalar berishdi. Natijada 100 nafarga yaqin yigit-qizlar maxsus ro‘yxatdan chiqarildi.

Kelgusida Yoshlar ittifoqi ularning o‘qishini doimiy nazorat qilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oldi.



Ulashing:

E'lon