logo
. . .


“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturini amalga oshirish, belgilangan maqsad va vazifalarni ijro etish hamda aholi, ayniqsa yoshlarning turmush tarzi va dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha Namangan viloyati Namangan shahrida 10-iyuldan 1-avgustgacha bajarilgan ishlar tahliliy muhokama qilindi.

Jumladan, Namangan viloyati Namangan shahrida jami aholi soni 602 300 nafar, yoshlar soni 172164 nafar va  bolalar soni 175 320 nafar ekanligi aniqlandi. Shulardan, 172164 nafar yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi. 

Shakllantirilgan ishchi guruh a’zolari 103269 ta xonadonga kirib, muammolarni o‘rganishdi.  Aniqlangan 2246 ta muammolardan 1400 tasi joyida hal etildi hamda 846 ta muammo “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi. O‘rganish jarayonida 1226 nafar mehnatga layoqatsiz yoshlar, 651 nafar ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan yoshlar, 232 nafar uy-joyga muhtoj yoshlar, 1157 nafar uzoq muddatga chetga chiqib ketgan yoshlar, 51 nafar to‘y marosimi uchun imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoshlar va 12256  nafar ishsiz yoshlar ekanligi aniqlandi.  Ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash va ularga hunar o’rgatish maqsadida tumanlarda “Yoshlar mehnat guzari” va  “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari tashkil etilmoqda.

Davlat dasturi doirasida turmushida muammosi bor xonadonlarga yordam berish ishlari Namangan viloyati bo'ylab davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon