logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Ittifoqining viloyatdagi barcha tuman, shahar Kengashlari tomonidan Ramazon Hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar olish, ularga ijtimoiy ko‘mak berish maqsadida muntazam ravishda xayriya tadbirlari o‘tkazilib kelinayotir.

Jumladan, joriy yilning 13-iyun kuni “Yoshlar Sizga ko‘makdosh” shiori ostida Andijon tumani “Qum ko‘cha” MFY Qumzor ko‘chasi 56-xonadonda yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan imkoniyati cheklangan K.Nosirovaga nogironlik aravachasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, Andijon shahar hududida istiqomat qiluvchi 5 nafar kam ta’minlangan oila va imkoniyati cheklangan yosh uchun dori-darmon vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Amaliy ishlar davom etmoqda!



Ulashing:

E'lon