logo
. . .


Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika idoralararo Kengashining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi majlisi bayoni bilan tasdiqlangan Dastur hamda “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8-avgust kuni Andijon viloyat hokimligining majlislar zalida tajribali tadbirkorlar ishtirokida yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va global tadbirkorlik tarmog‘i bilan hamkorlikda Respublikamizning tajribali tadbirkorlari ishtirokida tashkil etilgan mahorat darslari tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun muvaffaqiyatga erishishning ilk qadami bo‘ldi.

Hozirgi kunda omadli faoliyat olib borayotgan tajribali tadbirkorlar yoshlarga sohaning sir-asrorlarini qiziqarli usullar asosida taqdim etdilar.

Erkin suhbat asosida kechgan mahorat darslarida ishtirokchi yoshlar o‘z bilimlarini qimmatli maslahat va tavsiyalar bilan boyitdilar.

Uchrashuvda 300 dan ortiq tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.



Ulashing:

E'lon