logo
. . .


2018-yilning  12-13-mart kunlari O’zbekiston yoshlar ittifoqi, “NITA-FARM” kompaniyasi, O’zbekiston yosh fermerlar Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo’mitasi hamkorligida yosh va tashabbuskor chorvador fermerlar faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Animal Keeping”  professional veterinariya va zootexniya forumi tashkil etildi.

Mazkur forum ochilishi munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Yoshlar press-klubi” da  “Yosh chorvadorlar uchun yanada keng imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi. 

Unda Rossiya Federatsiyasi veterinariya fanlari nomzodi –Vladimir Zubarev, Rossiya Federatsiyasi bosh veterinar vrachi–Olga Bondar, O’zbekiston yosh fermerlar kengashi raisi Soatmurod Qulmirzayev, Toshkent davlat agrar universiteti veterinariya bo’yicha mutaxassis – Akram Sobirov, tajribali chorvador fermerlar, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Forumda ishtirokchilar chorva hayvonlari kasallanishini oldini olish va zamonaviy davolash yo’llari borasida amaliy va nazariy tajriba almashishdi. Shuningdek, yosh fermerlar chorvadorlikda uchraydigan infeksion kasalliklar va ularni davolash usullari  haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo’lishdi.

Xususan, ekspert Vladimir Zubarev chorvadorlikda tuyoq qismidagi kasalliklar profilaktikasi va davolash borasida o’z taklif-tavsiyalarini berdi.

Olga Bondar esa buzoqchalardagi  oshqozon-ichak kasalliklari diagnostikasi, profilaktika metodlari va davolash yo’llari to’g’risida bir qancha ma’lumotlarni keltirib o’tdi. Bundan tashqari hayvonlardagi nafas olish yo’llarining asosiy kasalliklari, samarali davolash metodlari va uning keskin  tarqalishini o’z vaqtida oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga ham alohida to’xtaldi.

Tadbir davomida qatnashchilar sohada duch kelgan muammolari yuzasidan ekspertlarga murojaat etib, foydali maslahatlar olishdi.

 Muloqot davomida fermerlarga chorva mollarini hosildorligini oshirish, chet eldan olib kelingan chorva hayvonlarini Respublikamiz iqlim sharoitiga moslashtirish, ularda ko’p uchraydigan kasalliklarga qarshi kurashish aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi.

Asosiy murojaatlar tuyoq va oshqozon-ichak kasalliklariga qaratilgan bo’lib, ekspertlar bu kasalliklarga qarshi kurashishning davo usullari, kerakli dori-darmonlarning qo’llanilishini ishtirokchilarga  atroflicha tushuntirishdi.

Shaxnoza Nurullayeva

                                                                                                                                                                                Fotomuxbir: R.Nazarmatov

 



Ulashing:

E'lon