logo
. . .


Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi eng chekka hudud — G'oliblar shaharchasida joylashgan informatika va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kollejida vaqtincha ishsiz yoshlar hamda kollejning 3-bosqich o'quvchilaridan iborat jami 200nafardan ziyod yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda tuman hokimi o'rinbosari, viloyat mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Tuman yoshlari o'zlarining muammo va takliflarini bildirishdi.

44 ta masalani joyida bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, kollejning 3-bosqich o'quvchisi Narzullayeva Zamira eng uzoq hudud — Tuz konidan o'qishga qatnaydi. O'zi istiqomat qilayotgan hududda yoshlar uchun kompyuter saboqlari yo'q.

Zamiraga 5 yilga Aloqa bank tomonidan imtiyozli kredit ajratildi.

U endilikda ushbu kreditga kompyuter jamlanmalari olib, o'sha yerdagi aholiga xizmat ko'rsatadi va yoshlarga kompyuter saboqlarini o'rgatadi.



Ulashing:

E'lon