logo
. . .


Xabaringiz bor, ayni kunlarda Davlat maslahatchisi Xorazm viloyatida bo‘lib, hududdagi aholiga har tomonlama ijtimoiy ko‘mak bermoqda.

Kuni-kecha Urganch tumanidagi o‘rganishlar davomida berilgan ko‘rsatmalarning oradan bir kun o‘tib, natijalari ma'lum qilinmoqda.

Aynan “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Malika Bekmedova yangi, ochilishi kutilayotgan tikuvchilik sexi atrofi chiqindixonaga aylangani va mas'ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, masalasiga yechim bo‘lmaganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, tomorqasi ichki quvur sabab, qurib qolganini ham yashirib o'tirmadi.

Bugun Davlat maslahatchisi atrofi obodonlashtirilgan, kanalizatsiya o‘tkazish ishlari olib borilayotgan M.Bekmedova yashayotgan mahallaga yana bordi.

-Tikuvchilik seximning atrofi obodonlashtirishdi. Maxsus mashinalarda qurilish chiqindilaridan tozalandi. Yangi quvur o‘tkazish uchun harakat boshlandi, - deydi fuqaro M.Bekmedova. - Hammasi uchun rahmat. Rahbarlar astoydil harakat qilsa, xalq muammosini hal qilish uchun ko'p vaqt ketmaskan…

Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyevning Xorazmga safari davom etmoqda…



Ulashing:

E'lon