logo
. . .


O‘ZBЕKISTON YOSHLAR ITTIFOQI

BANDLIK VA MЕHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TARAQQIYOT STRATЕGIYA MARKAZI

“RЕSPUBLIKA YOSH OLIMLAR KЕNGASHI”

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI AKADЕMIYASI QOSHIDAGI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2018-yilning 25-yanvar kuni “Yoshlar bilan muloqot: muammo va yechimlar” (#Meeting_with_ youth) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Konferensiyaning maqsadi:

Yoshlar muammolarining sabablarini tadqiq etish, ularni bartaraf etishning ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish, shuningdek,bu borada olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini yanada takomillashtirishdan iborat.

Konferensiyaning vazifalari:

  • Yoshlar muammolari kelib chiqish sabablarini ilmiy-nazariy asoslash;
  • Yoshlar muammolarini bartaraf etishga innovatsion yondashuv yo‘nalishlarini aniqlash;
  • Yoshlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirishda vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ishlab chiqarish subyektlarining faol hamkorligini ta’minlash borasida maqsadli taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • Yosh olimlarning ilmiy tadqiqot izlanishlari obyektini respublikamiz yoshlar muammolarini bartaraf etishga maqsadli yo‘naltirish;

Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:

1-sho‘ba: Yoshlarda yuksak ta’lim-tarbiya va ma’naviy daxldorlik xissini shakllantirish.

2-sho‘ba: Yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilishning zamonaviy usullari.

3-sho‘ba: Yoshlar muammolarini bartaraf etishda institutsional hamkorlikni rivojlantirish.

4-sho‘ba: Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish omillari.

5-sho‘ba: Yoshlar ishsizligini oldini olish va bandlik muammolarini bartaraf etish.

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga tayanib tayyorlangan, tugallangan fikr hamda tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- ilmiy maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida hamda maqola yozilgan tildan o‘zga tillarda kalit so‘zlari va rezyume keltirish bilan taqdim etiladi;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.

Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, bir nusxada rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismini bosh harflari hamda familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va davlat (shahar) nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi kerak. Maqolalar bir nusxa qog‘ozda va elektron shaklda 2018-yil 20-yanvarga qadar quyidagi manzilga taqdim etiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi 60-uy,6 qavat 602-xona.

Elektron manzil:respublika-yosholim@umail.uz 

Tel: +99897 766-03-36, +99890 151-93-39



Ulashing:

E'lon