logo
. . .


Bugun viloyat Yoshlar markazida “Bag‘rikeng O‘zbekiston” yoshlar festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalda she’riyat, turli millatlar raqsi, rassomchilik va insholar tanlovlari bo‘yicha shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu festival yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqargan chinakam iste’dod maydoniga aylandi.

Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar maxsus diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

- Ushbu festival, aslida do‘stlikni mustahkamlovchi bayram bo‘ldi. Tanlovlar esa yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirish, ularning qalbida yashirinib yotgan iqtidorni kashf etish uchun xizmat qiladi, xolos. Bu yerda hamma g‘olib. Asosiysi do‘stlik, – deydi yoshlar yetakchisi Mansur Masharipov.



Ulashing:

E'lon