logo
. . .


Bugun mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yuksak ishonch ertamiz egalarining kelajak poydevorini mustahkamlashdagi sa’y-harakatlar ifodasidir. Davlat siyosatining oliy maqsadi ham yoshlarimizga farovon hayot, porloq kelajak va baxtli turmush qurishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-sentyabrda 753-sonli “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bilan ta’minlashda qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi imzolangan qarori yurtimizda yosh oilalar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘laminining samaradorligini oshiradi. Bu jamiyatimizning turli sohalarida mehnat qilayotgan yoshlar va ularning oilalari uchun katta imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda yosh oilalarga berilayotgan mazkur imtiyozdan foydalanish istagidagilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

Xususan, joriy yil mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 64 nafar, Andijon viloyatidan 48 nafar, Buxoro viloyatidan 101 nafar, Jizzax viloyatidan 55 nafar, Qashqadaryo viloyati 171 nafar, Navoiy viloyati 64 nafar, Namangan viloyatidan 24 nafar, Samarqand viloyatidan 148 nafar, Surxondaryo viloyatidan 116 nafar, Farg‘ona viloyatidan 26 nafar, Toshkent viloyati 110nafar, Xorazm viloyatidan 44 nafar va eng ko‘pi Toshkent shahridan 407 nafar ko‘ngilli yoshning yoshlar uylariga topshirgan hujjatlari Respublika komissiyasidan o’tib, hisobga qo’yilgan. 

Yoshlar uylarini turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan, shuningdek, ariza berilgan paytda 30 yoshdan oshmagan er-xotinlar ipoteka krediti asosida sotib olish huquqiga ega. Qarorda qayd etilganidek, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishda shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun – 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi. Qishloq joylarda esa yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun – 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga berilib, bunda dastlabki badal ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3xonali) uylar va 2, 3 onali bir qavatli uylar uchun – 15 foiz, ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun – 25 foizdan iborat.

 

Shahnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon