logo
. . .


Sirdaryo viloyat Kengashi bayram arafasida ayollarga munosib sovg‘a tayyorladi.

Kengash raisi xonasiga yig‘ilish uchun barcha xodimlar chaqirtirildi.

“Bayram arafasida yig‘ilishmi...” deya xafa bo‘lib kirgan ayol xodimalar yig‘ilishdan yuzlari tabassum bilan chiqishdi.

Har birining qo‘liga berilgan sayohat chiptalarini kutishmagandi hatto.

Bugun xotin-qizlar Jizzax bo‘ylab Samarqandga havo uchog‘ida parvoz qilishdi.

— Sayohat chiptasi biz uchun tush edi. Chunki, ish bilan bo‘lib, sayohat haqida o‘ylamay qo‘ygandik. Bu sovg‘ani unutmaymiz. Biz Yoshlar ittifoqida ishlayotganimizdan yana bir bor faxrlandik, – dedi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Nargiza Xolboyeva.



Ulashing:

E'lon