logo
. . .


Buxoro shahridagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham "Ilk qo'ng'iroq" tantanalari ko'tarinkilik bilan nishonlandi. Birinchi sinf o'quvchilariga "Prezident sovg'alari" tantanali ravishda topshirildi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Zarif Komilov  bolajonlarning quvonchiga sherik bo'ldi. Ular bilan samimiy suhbatda bo'lib, o'zining o'quvchilik yillari, o'qituvchilarining bergan saboqlari to'g'risida bolalarga so'zlab berdi.


- Bugun sizlar o'qigan mana shu dargohda men ham ta'lim olganman, - deydi bolalar bilan suhbatda Zarif Komilov. Ustozlarni sho'xliklarimiz bilan qiynab qo'ygan paytlarimiz ham ko'p bo'lgan. Lekin bugun ularning sa'y-harakati, shu bilan bir qatorda, tirishqoqlik bilan o'qishga bo'lgan ishtiyoqim sabab bugun  viloyat tashkilotida rahbar, sizlar kabi yoshlarning chinakkam yetakchisi bo'lib faoliyat yurityapman. Bu katta ma'suliyat, shuningdek, yuksak ishonchdir. Bugun bu ishonchga men loyiq ko'rilgan bo'lsam, ertaga bu kabi ma'suliyat sizlarga yuklatiladi. Shunday ekan, porloq kelajak uchun bugundan harakat boshlang. Har bir daqiqangiz qadrini his qilib, mukammal saboq oling. Bugungi kabi rag'bat va e'tiborga munosib bo'ling. Yoshlar ittifoqi esa doim sizga suyanch va tayanch bo'ladi.


"Bilimlar kuni" yurtimizda keng nishonlanadigan eng samimiy va quvnoq bayramdir. Endilikda bu kabi bayramlar O'zbekiston yoshlar ittifoqi va "Kamalak" bolalar tashkilotiga tantanali a'zolikka qabul qilish marosimlari bilan davom etadi.



Ulashing:

E'lon