logo
. . .


Yoshlar markazida 30-iyul – “Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi bir qator loyiha va aksiyalar tashkil etdi.

Jumladan stol tennisi, karate, shaxmat va shashka musobaqalari, futbol o‘yinlari, rassomchilik, mushoira kechalari yoshlarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Shuning barobarida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Sayl tarzida tashkil etilgan bayramona dastur so‘ngida namoyish etilgan gala-konsert yoshlar va bolajonlar, serjantlar maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida yanada fayzli o‘tdi.



Ulashing:

E'lon