logo
. . .


Yoshlarning bo‘sh vaqti — dushmanning ish vaqti. Ayni topib aytilgan gap.

Yoshlarning bandligini ta’minlash — Ittifoq oldida turgan eng muhim vazifalardan biri.

Shu boisdan ham, turli tashkilot va idoralar, ayniqsa, xususiy korxonalar bilan hamkorlik qilish, bo‘shab qolgan ish o‘rinlariga yosh, shijoatli kadrlarni jalb qilish hozircha eng samarali yo‘llardan biri.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi ham aynan shu usuldan foydalandi. Aniqrog‘i, Termiz tumanida o‘z ishini boshlayotgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” MCHJ bilan hamkorlik borasida kelishib oldi.

Kelishuvga ko‘ra, Ittifoqning viloyat Kengashi yangi ochilayotgan korxona uchun yosh va tajribali kadrlarni tavsiya qilishi kerak edi.

Bugun o‘sha ezgu ish amalga oshdi. Termiz tumanida “Surxon qog‘oz qayta ishlash” korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Ohunjon Umarov ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni bugungi shodiyona bilan qutladi.

— Bugun har qachongidan ham xursandman. Viloyatimizda yana bir rivojlanish. Eng muhimi, viloyatdagi 45 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi. Endi 45 ta yosh davlat byudjetiga ham, oliasiga ham daromat keltiradi, — dedi Yoshlar yetakchisi Ohunjon Umarov.

Viloyatda shu kabi amaliy ishlar davom etmoqda. Eng muhimi, amaliy ishlar yoshlarga naf keltirmoqda...



Ulashing:

E'lon