logo
. . .


Jumladan, kuni-kecha voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jamoatchilik va ota-onalarning roli hamda ahamiyatini yanada kengaytirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganganlar ishlari bo‘yicha ma’sul kotib hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi vakillari tomonidan tumandagi mavjud internet klublarida "Nazorat" tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir tungi soat 22:00 dan so‘ng tashkil etilib, bu vaqtda nazoratsiz yurgan, turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan yoshlarning ota-onalari chaqirtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Nazorat tadbirlari toki biz kutgan natija bo‘lmaguncha davom etadi. Biz yoshlarni e'tiborsiz qoldirmaymiz!



Ulashing:

E'lon