logo
. . .


Agarki, islohotlarga xayrxohlik, kasbga fidoyilik, ishonchga munosib bo'lish hissi ko‘ngilda uyg‘oq turarkan, inson har qanday ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir.

Bugun Prezident umid bildirgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning ishonchini qozonish borasida soniyalar bilan hisoblashyabdi.

Hech bir yetakchi bugun kabinetda o‘tirayotgani yo'q. Yoshlar yetakchilari xalq, yoshlar ichida yurib, tom ma’noda, ular bilan birga yashayapdi.

Jumladan, ayni kunlarda Davlat maslahatchisi o‘z Ishchi guruhi bilan Namangan viloyati Kosonsoy tumanida uyma-uy yurib, yurtdoshlarimizning yashash sharoiti, sog‘liklari, muammolari, orzulari haqida suhbatlashmoqda.

“Hurriyat” mahallasidagi aholi bilan bo'lgan samimiy suhbat davomida ma’lum bo‘ldiki, ushbu hududda gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya borasida muammolar mavjud. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Xonadonlar eshigini qoqib, hol so‘rayotganlar tashrifidan mamnun Rohatjon buvi yo‘qlaguvchilarni hamda yurtboshimizni uzoq duo qildi. Boquvchisiz qolgan onaxonga endilikda mahalladagi 2 – sonli maktabning Sardorlari g‘amxo‘rlik qiladi. Shuningdek, onaxonga 3 qop ko‘mir berildi hamda tibbiy ko‘rik va bepul dori-darmonlarga yo‘llanma taqdim etildi.

Navbatdagi xonadonda istiqomat qiluvchi Xojixanov Muzaffarxon bir necha yillardan buyon xorijga chiqib, ro'zg'or tebratishi aniqlandi. Davlat maslahatchisi xonadon sohibi bilan suhbatlashib, unga imtiyozli 4 %li kredit olib, tomorqasida issiqxona tashkil etishni tavsiya etdi.

Shu kunning o‘zida bank xodimlari zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirishdi.

Xonadon sohibiga psixolog ham biriktirildi. Endi Muzaffarxon yaqinlarining oldida, o‘z tomorqasida mehnat qilib, oila tebratadi.

Qahramon Quronboyev boshchiligidagi Ishchi guruh shu kunni o‘zida 258 xonadonga tashrif buyurib, yurtboshimizning xalqimizga bo‘lgan e’tiborlari va g‘amxo‘rliklarini yetkazdi.

O'rganishlar davom etmoqda...



Ulashing:

E'lon