logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov Farg‘ona viloyati yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazayotgani haqida avval ham axborot bergan edik.

Navbatdagi ochiq muloqotlar Buvayda va Bog‘dod tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, yetakchi uchun asosiy vazifa —yoshlarning o‘y-xayollarini oldindan his etgan holda ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, avvalo, namuna bo‘la olishi kerak.

Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan 2018 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yetakchilarning taklif va muammolari eshitilib, ularni hal qilish bo‘yicha mahalliy hokimlik va viloyat Kengashi bilan aniq choralar belgilandi.

Uchrashuv yakunida boshlangan 2018 yilda tumanlardagi yoshlarning ijtimoiy hayotini tubdan o‘zgartirib, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga kelishib olindi.



Ulashing:

E'lon