logo
. . .


"Onajon mo'tabar" loyihasi Buxoroda ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Loyiha doirasida "Ittifoq" va "Kamalak" Sardorlarining muhtarama onajonlariga hamda yoshlar tashkilotining tuman Kengashi raislariga O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi.

-Onalarimizni har doimo qadrlab, boshimizda ko'tarib yurishimiz lozim, - deydi viloyat Kengashi raisi Zarif Komilov. -Zero, har bir yutug'imiz, muvaffaqiyatimiz ortida onalarimizning oltinga teng duolari bor.

Loyiha butun viloyat bo'ylab davom etdi.



Ulashing:

E'lon